Boeing 737 Max’ni boşqaruvçi köplab uçuvçilar yangi samolyotning öziga xos jihatlaridan tegişli ravişda xabardor qilinmaganlar va uni boşqarişni iPad planşetida örganişgan. Bu haqda New York Times naşri xabar berdi. 

Naşrning ta'kidlaşiça, odatda uçuvçilar parvozni imitatsiya qiluvçi va yangi funksiyalarga örgatuvçi qimmatbaho simulyatorlarda soatlab maşq qiladilar. OAV ma'lumotlariga köra, Southwest Airlines va American Airlines aviakompaniyalari uçuvçilari kasaba uyuşmalari Boeinğdan Max uçun simulyator işlab çiqişni bir neça bor talab qilgan, biroq kompaniya va AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi uçuvçilarga qöşimça tayyorgarlik kerakmasligi, ularni yuz berişi mumkin bölgan muammolardan va yangi dasturiy ta'minot qanday işlaşidan xabardor qiliş kifoya qiladi degan qarorga kelgan. 

“Ular samolyotni qurib turib, uni loyihalaşda davom etişgan. Simulyatorni yaratiş uçun ma'lumotlar layner parvozga tayyor bölgandagina paydo bölgan”, deb ma'lum qildi Southwest Airlines kompaniyasi uçuvçilari uyuşmasi raisi Greg Bouen.

Bundan taşqari, Boeing 737 Max’ni sinovdan ötkazgan uçuvçilar guruhi Max’ning avvalgi 737 modelidan farqlari, jumladan displey va dvigatellardagi farqlar haqida 13 sahifalik yöriqnoma işlab çiqişgan. Biroq öquv materiallarida muayyan şaroitlarda samolyotning tumşuğini avtomatik tarzda pastga itaruvçi yangi MCAS dasturi esga olinmagan.

Boeing vakillari tizimni bir neça hafta içida uçuvçilar uçun qöşimça tayyorgarlik ötkazişsiz töğrilaşga va'da berişgan. Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi samolyoti halokatga uçragandan keyingina MCAS datçiklarning xato körsatmalariga asoslanib sababsiz işga tuşib ketişi aniqlangan.

10 mart kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737 Max 8 halokatga uçradi. Samolyot bortidagi barça 157 kişi halok bölgan. Ma'lum qilinişiça, fojia oldidan uçuvçilar “samolyotni boşqarişda” muammolar bölayotganidan şikoyat qilişgan.