Amerikaning Apple korporatsiyasi ikkita yangi planşetni taqdim etdi: M3 çipli yangilangan iPad Air va A16 protsessorli takomillaştirilgan asosiy iPad.

Endi iPad Air ikki ölçamda - 11 va 13 dyuymda mavjud va standart iPad esa köproq hajmli xotiraga ega.

M3 çipli iPad Air oldingi modelga nisbatan köp vazifani bajarişda 35% gaça va grafik vazifalarni bajarişda 40% gaça tezroq. Planşet Apple Pencil Pröni qöllab-quvvatlaydi va iPadOS 18 operatsion tizimida işlaydi, şuningdek, Apple Intelligence funksiyasidan foydalaniş imkoniyatiga ega. Endi asosiy iPad planşeti A16 çipiga ega bölib, avvalgi modellarga nisbatan 50 foizga tezroq işlaydi. Şuningdek, xotirasi 128 Gb hajmdan boşlanadi.

ÇatGPT’ning Writing Tools va Siri’ga uzluksiz integratsiyasi tufayli foydalanuvçilar ilovalarni almaştirmasdan ÇatGPT’ning ekspert bilimlaridan foydalanişi mumkin, şuning uçun ular vazifalarni har qaçongidan ham tezroq va osonroq bajara oladi. Bundan taşqari, foydalanuvçilar akkaunt yaratmasdan ÇatGPT’ga bepul kirişi mumkin. Şuningdek, unda maxfiylik himoyasi örnatilgan - ularning IP manzillari yaşirin va OpenAI sörovlarni saqlamaydi. Foydalanuvçilar ChatGPT integratsiyasini yoqişni va undan qaçon foydalanişni, şuningdek, ÇatGPT’ga qanday ma’lumotlar yuborilişini töliq nazorat qilişi mumkin.

Ikkala planşet ham 12 martdan sotuvga çiqariladi. Narxlar iPad Air 11 dyuymli versiyasi uçun 599 dollardan va 13 dyuymli versiyasi uçun 799 dollardan boşlanadi, standart iPad esa 349 dollardan boşlanadi. Apple şuningdek, Magic Keyboard klaviaturani yangilab, uni yanada qulayroq va arzonroq qildi. Uning narxi 249 dollardan boşlanadi.