Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (LBMA) va Koreya Respublikasi Davlat boşqaruvi va xavfsizligi vazirligi örtasida özaro ilğor tajribalarni almaşiş, qöşma tadqiqotlar, korporativ hamkorlikni olib boriş va Özbekistonda Ma'lumotlar markazini taşkil etişda texnik kömak körsatişni öz içiga olgan Anglaşuv memorandumi imzolandi. Kun.uz muxbiri LBMA vakillari ma'lumotlari asosida şu haqida xabar berdi.
18-19 mart kunlari Koreya Respublikasining Davlat boşqaruvi va xavfsizligi vaziri örinbosari janob Yun Jong In boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonda rasmiy taşrif bilan böldi. Delegatsiya vakillari Özbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasida uçraşuvlarda iştirok etişdi.
Agentlikdagi uçraşuvda mehmonlar Özbekiston va Koreya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar darajasini yuqori baholaşdi va mamlakatlar örtasida har tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantiriş özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaşini alohida ta'kidlaşdi. Özbekistonda elektron hukumatni rivojlantiriş doirasida amalga oşirilayotgan islohotlarning miqyosi va sifatiga, axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 195 turdagi xizmatlar taqdim etilayotganiga töxtalib ötişdi. Uçraşuv qatnaşçilari elektron hukumatni rivojlantiriş sohasidagi Özbekiston-Koreya munosabatlarining holati, uşbu sohadagi yangi qöşma loyihalar va dasturlarni amalga oşiriş böyiça fikr almaşişdi.
Muzokaralar yakuniga köra, Özbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi va Koreya Respublikasi Davlat boşqaruvi va xavfsizligi vazirligi örtasida özaro ilğor tajribalarni almaşiş, qöşma tadqiqotlar, korporativ hamkorlikni olib boriş va Özbekistonda Ma'lumotlar markazini taşkil etişda texnik kömak körsatişni öz içiga olgan özaro anglaşuv memorandum imzolandi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati bilan ötkazilgan uçraşuvda tomonlar Özbekiston va Janubiy Koreyada pensiya ta'minoti va davlat xaridlari sohasida töplangan tajribani muhokama qilib, mavjud institutsional mexanizmlarga eng ilğor yeçimlarni joriy qiliş imkoniyatlarini körib çiqişdi.
Respublika Davlat soliq qömitasida Koreya delegatsiyasi ekspertlari eksportni oşiriş va kiçik va örta tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan soliq siyosatini amalga oşiriş böyiça öz tajribalari bilan örtoqlaşişdi.











