Bugun, 20 mart kuni Nanning şahridagi «Guangxi Spors Centre» stadionida «China Cup-2019» musobaqasi oldidan matbuot anjumani taşkil qilindi. Unda Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper va hujumçi Eldor Şomurodov qatnaşdi, deb xabar bermoqda ÖFA matbuot xizmati.

Foto: ÖFA matbuot xizmati

«Bu yerda bölib turganimdan xursandman. «Şina Cup» – juda yaxşi musobaqa. Unda kuçli jamoalar iştirok etişadi. Ularga qarşi öynaş biz uçun foydali bölişi şubhasiz. Biz mazkur musobaqa orqali Jahon çempionati saralaşiga tayyorgarlik köramiz. Bu musobaqaga tayyorlaniş uçun köp vaqt bölmadi. Keça keldik. Hozirça bitta maşğulot ötkazdik. Şunga qaramay, musobaqa davomida özimizning eng yaxşi öyinimizni körsatişga harakat qilamiz.

Osiyo Kubogi bilan soliştirganda bizning tarkibimizda katta özgarişlar yöq. Deyarli öşa tarkib bilan Xitoyga taşrif buyurdik. «China Cup» musobaqasida Osiyo Kubogidagi kabi öyin namoyiş qilişga harakat qilamiz. Har bir uçraşuvda ğalaba qozoniş uçun maydonga tuşamiz. Men Xitoyga birinçi bor kelişim. Avval bu mamlakatda bölmaganman. Şu sababli jamoam bilan yorqin öyin namoyiş qilişga harakat qilamiz. Ammo biz uçun eng muhimi Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritiş. Mazkur musobaqalarga öxşaş turnirlar orqali mundial saralaşiga tayyorgarlik köramiz.

Foto: ÖFA matbuot xizmati

Fabio Kannavaro ayni paytda Xitoy terma jamoasini boşqarib borayotganini bilaman. U 15 yil oldin Milanning «Inter» tarkibida öynagandi. U juda yaxşi futbolçi. Tartibli öyin namoyiş qilardi. U murabbiy sifatida ança tajriba töplagani aniq. Futbolçilardan ham tartib intizomga amal qilişni talab qilişi tabiiy. Men Kannavaroga murabbiylik faoliyatida omad tilayman.

U buyuk murabbiy bölib yetişişiga işonaman. Unda buning uçun barça jihatlar mavjud. Agar maydonda murabbiy sifatida uçraşadigan bölsak, men Kannavaroni mağlubiyatga uçratişga harakat qilaman.

Jahon çempionati iştirokçilari sonini oşiriş – juda yaxşi ğoya. Bu faqat Özbekiston yoki Xitoy uçun emas, Osiyodagi barça terma jamoalar uçun juda yaxşi imkoniyat. Men bu ğoyani qöllab-quvvatlayman. Bu holat butun dunyoda futbol rivojiga hissa qöşişi aniq», - dedi Kuper.