«Mançester Yunayted» sobiq boş murabbiyi Joze Mourino yozda faoliyatini qayta yölga qöyiş niyatida ekanini ma'lum qildi.
«Murabbiylik qilmayotganimga uç yarim oy böldi, lekin faoliyatimni davom ettirişga tayyorlanyapman. Futbolga singib ketarkansan, özing uçun vaqt ajratolmaysan – hali matbuot anjumanlari, hali öyinlar, bir qarasa videotahlillar, yana bir qarasa uçraşuvlar tahlili, uni ustiga har kunlik muammolar. Şuning uçun ötgan oylarni qayta quvvat yiğib olişga sarfladim.
Murabbiylik – öziga xos kasb, har kunlik rejimda işlaş menga yoqadi. Bu kasbimga yozda – iyun oyida, kelgusi mavsum oldidan qaytişni istayapman.
Menga nima kerak emasligini aniq bilaman, şuning uçun ham 3-4ta taklifni rad etdim. Nimani istaşimni ham aniq bilaman. Bunda aynan bironta klubni nazarda tutmayapman, balki uning falsafasi, işlaş uslubini aytmoqçman. Istaganimga erişaman, deb umid qilaman», – deya Mourino beIN Spors efirida.












