Ayni kunlarda Özbekiston milliy kinokomissiyasining yoş kinoijodkorlardan taşkil topgan delegatsiyasi Yoşlar ittifoqi kömagida Osiyodagi yirik kino tadbir − Gonkongda 23-Xalqaro kino va televideniye bozori FILMART (Hong Kong International Film&TV Market)da iştirok etmoqda.

Kinobozor doirasida Özbekiston delegatsiyasining Osiyo kinokomissiyalari assotsiatsiyasi vakillari bilan uçraşuvi taşkil qilindi. 

Uçraşuv çoğida Özbekiston milliy kinokomissiyasining assotsiatsiyaga a'zo bölişiga doir masalalar muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida tomonlar Özbekiston milliy kinokomissiyasi va "PROlogue" Xalqaro kinofestivalining taqdimoti Janubiy Koreyada bölib ötadigan Xalqaro Pusan kinofestivali doirasidagi Osiyo kinokomissiyalari assotsiatsiyasining Boş assambleyasida taqdim etilişiga kelişib olişdi.

Boş assambleyada a'zolik qölga kiritilgandan söng Özbekistondagi kinolokatsiyalar haqidagi ma'lumot har oy katta tirajdagi jurnallarda butun dunyoga tarqatiladi, şu bilan birga Özbekiston milliy kinokomissiyasi Osiyo assotsiatsiyasining tölaqonli a'zosi sifatida xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda tizimli ravişda ilgari suriladi.

Assotsiatsiyaga Malayziya, Singapur, Indoneziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Iordaniya, Rossiya, Yangi Zelandiya kabi yirik mamlakatlar a'zo hisoblanadi.

Mamlakatning xalqaro kinofestivallar va kinobozorlardagi doimiy iştiroki, yoş iqtidorli kino ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş istiqbolli tendensiyaga ega bölib, Özbekistonda kinoturizmni rivojlantirişda ulkan ahamiyatga egadir.