Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida yangi tayinlov röy berdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoyişiga köra, Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi qöşinlari qömondoni lavozimida xizmat qilib kelgan polkovnik Farhodjon Nabijonoviç Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti boşliği lavozimiga tayinlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Uning örniga okrug qöşinlari qömondoni etib Şarqiy harbiy okrugiga qaraşli Ğurumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilşod Sadulloyeviç Çoriyev tayinlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati












