Namangan viloyatida xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi, deb yozmoqda ÖzA.
Sessiyada viloyat hokimining örinbosarlari, hokimlikning guruh va kotibiyati rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qiliş idoralari boşliqlari, tegişli viloyat, tuman taşkilotlari mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiya işida taşkiliy masala körildi. Uşbu masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma'ruza qilgan.
Sessiyada hozirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan Nurşod Nurmamatoviç Xudoyberdiyevni Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlaş töğrisidagi viloyat hokimining 2019 yil 20 martdagi qarori deputatlar e'tiboriga havola etildi. Deputatlar viloyat hokimining qarorini tasdiqladilar.











