Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 mart kuni investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etişni jadallaştiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.
Keyingi yillarda butun dunyoda xorijiy investitsiyalar jalb etiş tobora murakkab keçmoqda. Masalan, 2018 yilda jahonda investitsiya oqimi 19 foizga kamaygan. Şu bois, jalb etilgan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalaniş, bu borada jadal va tizimli iş olib boriş zarur. Manbada qayd etilişiça, bu yil jami 4,2 milliard dollar qiymatidagi töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar özlaştirilişi belgilangan.
Prezident iştirokidagi yiğilişda ötgan ikki oyda bajarilgan işlar tanqidiy tahlil qilindi. Davlatimiz rahbari xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş holati umuman sust ketayotganini ta'kidlab, mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Ayrim tarmoq va hududlarda çet ellik investorlarga taqdim etiş uçun aniq hisob-kitoblarga asoslangan loyihalar böyiça takliflar yöqligi tanqid qilindi.
Şavkat Mirziyoyev tegişli vazirlik va hokimliklar oldiga aniq va qat'iy vazifalar qöydi. Investitsiya va taşqi savdo vazirligiga energetika, neft-gaz, kimyo, maşinasozlik, elektr texnikasi, axborot texnologiyalari va boşqa muhim sohalarga töğridan-töğri xorijiy sarmoyalarni jalb etiş böyiça investitsiya loyihalari portfelini şakllantiriş topşirildi.
Hukumatlararo komissiya yiğilişlari investitsiya loyihalarini şakllantiriş böyiça zarur maydonga aylanmagani qayd etilar ekan, töğridan-töğri investitsiya jalb etiş böyiça har bir komissiyaning maqsadli körsatkiçlarini işlab çiqiş zarurligi ta'kidlandi.
Butun dunyoda davlat-xususiy şeriklik tizimi investitsiya jalb qilişning muhim omillaridan biri ekanligini inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi tuzilgan edi. Yiğilişda mazkur agentlik faoliyatini taşkil etişga ham e'tibor qaratilib, mutasaddilarga transport, energetika va xizmat körsatiş sohalarida davlat-xususiy şeriklik asosida çet el kapitali iştirokida amalga oşiriladigan loyihalarni şakllantiriş vazifasi qöyildi.
Yangi tuzilgan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga davlat uluşi mavjud bölgan korxonalarga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb qiliş işlarini jadallaştiriş böyiça aniq körsatmalar berildi.
Yuqorida qayd etilgan yönalişlar böyiça çet el sarmoyalarini jalb etiş uçun xorijiy davlatlarda taqdimotlar – roud-şoular ötkaziş zarurligi aytildi.

















