Ertaga, 22 mart kuni Özbekiston olimpiya terma jamoasi özining boş maqsadi – 2020 yili Tokioda bölib ötadigan yozgi Olimpiya öyinlari yöllanmasini qölga kiritiş uçun ilk qadamni taşlaydi. Lyubinko Druloviç qöl ostidagi jamoa Osiyo çempionati U-23 saralaşi doirasida Hindiston olimpiyaçilariga qarşi maydonga tuşadi.

Saralaşning «F» guruh bahslari Toşkentda, «Paxtakor» stadionida bölib ötadi. Özbekiston OTJ 22 martda Hindiston, 26 mart kuni Tojikiston termalari bilan bahs olib boradi. Orada, 24 mart kuni Tojikiston–Hindiston uçraşuvi bölib ötadi. Barça öyinlar soat 17:00da boşlanadi.

Guruh ğolibi, şuningdek, 11ta guruhda eng yaxşi körsatkiçga ega ikkinçi örin sohiblaridan 4tasi 2020 yil yanvarida Tailandda ötadigan Osiyo çempionati final bosqiçiga yöl oladi. Uşbu musobaqada eng yuqori 3ta örinni olgan terma jamoalar Tokio Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritadi.

Tribuna.uz fotomuxbiri Özbekiston olimpiya terma jamoasining «Milliy» stadioni qoşidagi maydonda ötgan öyinoldi rasmiy maşğulotlaridan fotogalereya tayyorladi.