«Real» yozgi transfer mavsumi uçun birinçi raqamli maqsadini belgilab oldi, deb xabar bermoqda AS.

Naşr ma'lumotiga köra, «qirollik klubi» mavsum yakunida bor e'tiborini «PSJ» hujumçisi Kilian Mbappega qaratmoqçi. Klub prezidenti Florentino Peresning şaxsan özi bu qarorni qabul qilgani aytilmoqda.

Qayd etiş kerak, «Real» Mbappeni sotib olişga 2017 yilda ham urinib körgan, ammo öşanda fransuz «PSJ»ni tanlagan edi. Parij klubi moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan boğliq muammo, qolaversa öyinçining öz istagi tufayli ham uni transferga qöyişga majbur bölişi mumkin.

20 yoşli hujumçi joriy mavsumda Fransiya çempionatining 23ta öyinida maydonga tuşib, 26ta gol va 6ta golli pas muallifi böldi. U bu körsatkiç bilan töpurarlar jadvalini boşqarib turibdi.

Avvalroq «PSJ» ketişi ehtimoli bor Neymar va Mbappening örniga «Atletiko»dan Antuan Grizmanni köz ostiga olib qöygani xabar qilingandi.