Turkmaniston poytaxti Aşxobodda avtomobil haydovçilariga taalluqli ovoza qilinmagan taqiqlov kiritildi. Endilikda haydovçilarga maşinalariga kumuşrang disklardan boşqa rangdagi disklarni qöyişga ruxsat berilmaydi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” naşri yozgan.
Ta'kidlanişiça, taqiqlov ostiga oq va töq kulrang avtomobil disklari ham tuşgan.
Ruxsat berilgan rangdagi disklardan boşqa disklarga ega avtomobillar davlat avtomobil nazorati xodimlari tomonidan töxtatilib, transport vositasiga hujjatlar musodara qilinmoqda va maşina majburiy tarzda texnik körikka jönatilmoqda. Haydovçilar öz hujjatlarini disklarini almaştirib yoki boşqa rangga böyagandan keyingina olişlari mumkin böladi.
Şu sababli avtoservislarda katta navbatlar yuzaga kelgan. Şuningdek, zavodda “nomaqbul” disklar örnatilgan yangi maşinalarni sotuvçi avtosalonlarda ham muammo paydo bölişi mumkin.
Avvalroq Turkmaniston OAVda fevral örtalaridan Aşxobodda qora rangdagi avtomobillarga taqiqlov yana amal qila boşlagani haqida ma'lumot paydo bölgan. Bunday maşinalar egalari jarima maydonçasiga jönatilib, öz hisoblaridan maşinani qayta böyab çiqişga majbur qilinmoqda. Şuningdek, şu vaqtda Aşxobodda yana bir taqiqlov kiritilib, unga köra ayol haydovçilar töxtatilib, turli bahonalar bilan haydovçilik guvohnomalari olib qöyila boşlangan. Ba'zida bu ayol haydovçilarning politsiyaçilar bilan janjallaşişlariga olib kelgan.












