Ukraina harbiy rahbariyati «Rossiyaning hujumlariga javoban uzoq masofali qurollardan foydalangan holda» yangi operatsiyalarni kelişib oldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Mixail Drapatiy va mudofaa vaziri Yevgeniy Xmara bilan uçraşuvdan söng maʼlum qildi.

«Uzoq masofalarga zarba beriş imkoniyatlarimizni kengaytirişga tayyorgarlik köryapmiz,» - dedi Ukraina rahbari. U boşqa tafsilotlarni keltirmadi.

Yil boşidan beri UQK Rossiya yoqilği-energetika majmuasi obyektlariga zarbalarni kuçaytirdi. Sentabr oyiga kelib Ukraina dronlari neftni qayta işlaş zavodlariga kamida 70-marta zarba berdi, oqibatda mamlakatda neftni qayta işlaş hajmi yigirma yil içidagi eng past darajaga tuşib ketdi, bu esa benzinning ötkir taqçilligi va yoqilği quyiş şoxobçalarida çeklovlar joriy etilişiga olib keldi. Şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlari harbiy zavodlar, port infratuzilmasi va yaşirin flot kemalariga zarbalar bermoqda.

Avvalroq Ukraina bir neça oy davomida Rossiyadan energiya obyektlari, portlar va boşqa muhim infratuzilmalarga zarba berişda özaro tanaffusga erişişga harakat qilgan edi. Biroq Putin taşabbusni rad etdi va buning örniga hujumlarni kuçaytirdi. «Nega bu taklif berilayotgani tuşunarli, çunki Ukraina hududi içkarisiga berayotgan javob zarbalarimiz kuçliroq, sezgirroq va töğrisini aytganda, vayronkorroqdir» - dedi u.

Putin Rossiya neft-gaz infratuzilmasi, marketpleyslar omborlari va savdo kemalariga hujumlar «muammolar tuğdirişi» va zarar yetkazişini tan oldi, biroq UQK harakatlaridan «jiddiy oqibatlar» yöqligini taʼkidladi.