AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi «Suriya demokratik kuçlari» (SDF) jangovar ittifoqi hudud IŞID jangarilaridan butkul xalos qilinganini ma'lum qildi.

Taşkilotning tvitter sahifasida Suriyaning Baguz qişloği IŞID terrorçilaridan 100 foizga tozalangani e'lon qilindi — bu yirik qişloq IŞIDning Suriya hududidagi sönggi tayançi deb hisoblanilayotgan edi.

«Suriya demokratik kuçlari» vakili Mustafo Bali «özini xalifalik deb e'lon qilgan tuzilma töliq yöq qilingani» va IŞID ustidan «harbiy ğalaba»ga erişilganini ma'lum qildi.

Baguzga yuriş qilinişi haqida 10 fevral kuni e'lon qilingandi, öşanda AQŞ prezidenti Donald Tramp «IŞIDning töliq yöq qilinişiga sanoqli kunlar qolgani»ni ta'kidlagan edi.

2014 yildan 2019 yilgaça Suriya va Iroq hududlarida mavjud bölgan bu taşkilot «eng gullagan» davrida jami 88 ming kv. km maydonni nazoratiga olgandi.

Quyidagi grafikada «xalifalik» keyingi yillar mobaynida özi bosib olgan hududlarni qanday qilib yöqotgani tasvirlangan.

IŞID Yaqin Şarqdagi barça pozitsiyalarini boy berganiga qaramasdan, hali ham global tahdid solişda davom etadi: guruh jangarilari va uşbu ğoya ta'siridagi odamlar hamon Suriya va Iroq hududida qolmoqda, şuningdek, guruh tarafdorlari Nigeriya, Yaman, Afğoniston, Filippin va Şimoliy Afrika davlatlarida faoliyatini davom ettirmoqda.

Kurd jangçilari boşçiligidagi «Suriya demokratik kuçlari» harbiylari mart oyi boşida IŞIDning oxirgi tayançini egallaş uçun hal qiluvçi yurişni boşlagandi. Taşkilotning qolgan-qutgan jangarilari bu vaqtda Suriya şarqidagi Baguz istehkomiga joylaşib olgandi.

Ittifoqçilar bu qişlovda köp miqdordagi tinç aholi vakillari borligi ma'lum bölgaç, yurişni töxtatgandi. Şundan keyin Baguzni minglab ayollar, bolalar va xorijliklar tark etişdi.

Şuningdek, Baguzdan köp sonli jangarilar çiqib ketişdi, qolganlar esa oxirigaça qarşilik körsatişga qaror qilişdi. Ular asosan xudkuşlik harakatlari orqali harbiylar yöliga töğanoq bölişdi. Reyter agentligi ma'lumotiga köra, qişloqdan taslim bölgan jangarilar çiqqan yuk maşinalari kolonnasi noma'lum tomonga qarab yöl olgan.