Boku şahridagi Içeri şahar tarixiy-me'moriy yodgorligi köp yillardan beri Ozarboyjonga taşrif buyuruvçi sayyohlarning sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi. Tarixiy binolar, tor köçalar, savdo rastalari, qadimgi va zamonaviy ruhdagi restoran va kafelar hamda mehmonxonalar heç kimni befarq qoldirmaydi. Kun.uz "Ozarboyjon va Özbekiston örtasidagi döstona köprik" mediaturi doirasida sizlarni Içeri şahar böylab fotosayohatga taklif etadi.

Bokuning markazida joylaşgan uşbu tarixiy maskanni "Eski şahar" yoki "Içeri şahar" deb ataşadi. Içeri şahar Bakuning "yuragi"dir, aynan şu yerda, dengiz yaqinidagi tepalikda qadimiy Boku taşkil topgan.

Içeri şahar Bokuning eng qadimiy turar-joyi hisoblanadi. U 1977 yilda tarixiy-me'moriy yodgorligi deya e'lon qilingan, 2000 yilda esa YuNeSKO butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Ba'zilar Içeri şaharni qal'a deb ham ataşadi, bunga uning şu kunlargaça yaxşi saqlanib qolgan qal'a devorlari bilan öralgani sababdir. Içeri şahar hududida Bronza asridayoq odamlar yaşagan, VIII-XI asrlarda u töliq odamlar yaşaydigan turar-joyga aylangan.

Maydoni 22 gektardan iborat Içeri şahar hududida yuzlab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ulardan 28tasi davlat darajasidagi, 3tasi dunyo miqyosidagi ahamiyatga ega.

Şirvanşohlar saroy majmuasi

Qal'a devorlari içida köplab noyob obidalar saqlanib qolgan: Şirvonşohlarning saroy majmuasi, devonxona, Qiz qal'asi, masjid va minoralar, karvon-saroy va hammomlar qoldiqlari va h.k. Yer yetişmovçiligi sabab bu yerda azaldan binolar devorlari bir-biriga yaqin joylaşgan. Içeri şaharda boğ-roğlar yöq, u tor va boşi berk köçalardan iborat.