Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşevning ma'lum qilişiça, 2018 yil davomida Rossiya maxsus xizmatlari mamlakat hududida 19ta teraktning oldini olişga muvaffaq böldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Patruşevning aytişiça, telefon terrorizmi ança jiddiy tahdid hisoblanadi. Uning sözlariga köra, yil boşidan buyon 2 mingdan ziyod soxta mina qöyilganligi haqida xabarlar qayd etilgan, ularning aksariyati xorijdan yuborilgan.
Şuningdek, Patruşev Rossiyaga tahdidlar orasida Ğarbning kosmosdan tinç foydalaniş töğrisidagi kelişuvlarni buzişi va AQŞning raketalardan mudofaa tizimini kuçaytirişini tilga olgan.












