Astronomlar Somon yölida PSR J0002+6216 (Zoomy) pulsarini aniqlaşdi (davriy radionurlanişlar tarqatib turuvçi kosmik obekt), u xuddi zambarak yadrosi kabi, soniyasiga 1130 kilometrga teng juda katta tezlikda kosmik makon böylab harakatlanmoqda. Bunday tezkor harakatlanişning sababi öta yangi yulduz portlaşidir, u portlaşdan qolgan neytron yulduzni uloqtirib taşlagan. Bu haqda Science Alert naşri xabar bermoqda.

Zoomy Kassiopeya yulduzlar turkumida, Yerdan 6500 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan va CTB 1 deb nomlangan, öta yangi yulduz qoldiği markazidan 53 yoruğlik yilidadir. Olimlar radioçastotali spektrda körinuvçi dumni aniqlaşdi, u yulduzdan taşqi qobiqqa qadar 13 yoruğlik yiliga çözilgan. Hisob-kitoblarda tasdiqlanişiça, pulsar qoldiq içida paydo bölgan. Öta yangi yulduzning portlaşi asimmetrik bölib, neytron yulduzni bölajak tumanlilik markazidan uloqtirib taşlagan.
Portlaş taxminan 10 ming yil ilgari sodir bölgan, pulsar esa beş ming yildan keyin öta yangi yulduz pufagining çekkasiga yetib borgan. Öta yangi yulduz qoldiqlari dastlab neytron yulduzdan köra tezroq harakatlangan, ammo yulduzlararo muhit bilan özaro aloqa tufayli ular asta sekinlaşib, Zoomy’ga özini ortda qoldiriş imkonini bergan. Oxir-oqibat, PSR J0002+6216 Somon yölini tark etadi va galaktikalararo makonda harakatlanişni davom ettiradi.
Bundan oldin, galaktika markazida sirli yirik obektlar topilgandi.











