Jahon | 14:46 / 26.03.2019
27617
2 daqiqa o‘qiladi

Ingushetiyada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

26 mart kuni ertalab Magasda miting boshlandi, unda ishtirokchilar Ingushetiyada referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishga qarshi chiqmoqda.

Aksiya rasmiylar bilan muvofiqlashtirilgan. Maydonda taxminan 10 ming kishi to‘plangan, deya xabar bermoqda «Kavkazskiy uzel» miting ishtirokchilardan biri, «Mashr» huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari Magomed Mutsolgovga tayangan holda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Mitingda hech qanday favqulodda hodisalar kuzatilmadi, deya ta'kidlab o‘tgan Mutsolgov. Uning qo‘shimcha qilishicha, «shaharda ko‘plab xavfsizlik xizmati xodimlari bor». Mitingdan jonli translatsiya YouTube’da mavjud.

2018 yil sentabr oyida Ingushetiya va Checheniston rahbarlari Yunus-Bek Yevkurov hamda Ramzon Qodirov respublikalar o‘rtasida chegarani mustahkamlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Shartnoma hududlar almashinuvini nazarda tutadi. Ingushetiyada hududlarni Chechenistonga berib yuborishga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Noyabr oyida huquq himoyachisi Magomed Mutsolgovni o‘z ichiga olgan tashabbus guruhi Checheniston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha referendum o‘tkazish yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Murojaat rad etildi.

Ingushetiya parlamentiga referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi, u bir qator savollar tug‘dirdi. Xususan, qonundan referendum o‘tkazish qanday holatlarda zarur ekani bo‘yicha bandni chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Qonunning amaldagi tahriri respublika chegaralaridagi o‘zgarishlarni referendumga olib chiqishni talab qiladi. Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar bo‘yicha ikkinchi o‘qish 28 martga belgilangandi, biroq respublika rahbari Yunus-Bek Yevkurov qonun loyihasini qayta ishlash uchun chiqarib tashladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid