Fransiya milliy jamoasi Yevro-2020 saralaşining 2-turida Islandiyaga qarşi bahs olib borib, 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Parijdagi uçraşuvda Samyuel Umtiti, Olive Jiru, Kilian Mbappe va Antuan Grizmann bittadan gol muallifi bölişdi va ularning har biri öziga xos natija qayd etişdi.

12-daqiqada hisobni oçgan Umtitining öyin davomidagi 107ta pasidan barçasi manzilga aniq yetib bordi. Opta Spors ma'lumotiga köra, töp uzatişdagi 100 foizlik aniqlik oxirgi 10 yildan buyon Fransiya termasi a'zolarining heç birida kuzatilmagandi.

Samyuel milliy jamoada 2016 yili debyut qilgan va öşandan buyon 4ta töp kiritdi. Bu – şu vaqt davomida har qanday himoyaçidan ikki barobarga yaxşiroq körsatkiçdir.

Olive Jiru esa keçagi goli bilan «uçranglilar» töpurarlari röyxatida 3-öringa çiqib oldi – endi uning hisobida 35ta gol bor. Undan oldinroqda faqat Mişel Platini (41ta gol) va Terri Anri (51ta gol) bormoqda.

Keçagi bahsda hisobni yirik körinişga keltirgan gol muallifi Kilian Mbappe şu öyinda ikkita golga assistentlik ham qildi. Squawka ma'lumotiga köra, uning ham klubdagi, ham terma jamoadagi rasmiy öyinlari soni 169taga yetdi. Bu bahslarda Kilian 91ta gol urib, 48ta golga uzatma bergan. Ya'ni, 20 yoşli hujumçi professional faoliyatining boşidan buyon har 83,5 daqiqada yo gol urmoqda, yo golga assistentlik qilyapti.

Islandiya bilan öyin Mbappe uçun Fransiya milliy jamoasi libosidagi 30-uçraşuv böldi. U bu çiziqni 20 yoş-u 3 oyligida kesib ötdi va bu borada rekordçi futbolçiga aylandi. Bundan avvalgi rekord Karim Benzemaga tegişli edi: u «uçranglilar» safidagi 30-öyinini ötkazganida 22 yoşga tölganiga 9 oy bölgandi.

Duşanba oqşomida «Stad de Frans»dagi bahsga yakuniy nuqtani qöygan Antuan Grizmann ham fransuzlar termasidagi statistikasini yaxşilab oldi. Endilikda u milliy jamoa töpurarlari röyxatida Yuriy Jorkayeff bilan birga 7-örinda bormoqda – ularning hisobida 28tadan gol bor. 6-poğonadagi Jan-Per Papen 30ta, 4-5-örinlardagi David Trezege va Zinedin Zidan 31tadan töp kiritgan. Top-uçlikda esa, yuqorida ta'kidlanganidek, Olive Jiru (35), Mişel Platini (41) va Terri Anri (51) borişmoqda.

Qayd etiş kerak, Fransiya termasi keçagi öyinda mamlakat futbol federatsiyasi taşkil etilganiga 100 yil tölişi munosabati bilan retro-formada maydonga tuşdi. FFF bir asrlik yubileyini 7 aprelda nişonlaydi.

Eslatib ötamiz, Dide Deşam qöl ostidagi jamoa ötgan hafta saralaşning ilk turida Moldova darvozasiga ham törtta töp kiritgandi (4:1). UYeFA rasmiy saytida ta'kidlanişiça, fransuzlar 6 yil içida ilk marotaba ketma-ket ikkita öyinda kamida törttadan töp kiritişning uddasidan çiqdi.