Taniqli futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev «Futbolium» Telegram-kanalida Özbekistonning yagona qişki olimpiada çempioni Lina Çeryazeva haqidagi xotiralari bilan bölişdi. Eslatib ötamiz, fristayl böyiça olimpiya çempioni Lina Çeryazova uzoq davom etgan xastalikdan söng, 51 yoşida Novosibirskda vafot etdi.
«Özbekistonning yagona qişki olimpiada çempioni Lina Çeryazeva bilan bir maktabda öqiganman. U ikki yoş katta edi. Hattoki, şuni aytişim mumkinki, u sakkizinçi sinfda, men esa oltinçida öqiganimda, özaro urişib ham ketganmiz. Garçi bunday taşabbus mendan çiqmagan bölsa-da, hozirgaça bundan uyatdaman.
Şundan keyin biz 1991 yilda uçraşdik, öşanda men Özbekiston Fizkulturaçisi gazetasida işlardim, u esa Jahon kubogi bosqiçida ğolib çiqqan va fotosuratlarini tahririyatga olib kelgandi. U paytda internet yöq hamda fristayl böyiça musobaqalardan suratlar faqat bahs qatnaşçilarida bölişi mumkin edi. U menga tabassum qildi, aftidan, tanib qoldi. Men avvaliga Linani tanimadim. Faqatgina keyin esladim.
Uç yildan söng Lina Olimpiadada oltin medalni qölga kiritdi. Şu bilan birga, u onasi ikki hafta oldin vafot etganini bilmasdan ğolib çiqqan. Linadan bu maş'um xabarni yaşirişgan, sababi bu unga oltinni qölga kiritişda tösqinlik qilişi mumkin, deb hisoblaşgan. Şuning uçun Olimpiadadagi ğalaba quvonçi dahşatli xabar bilan xiralaşdi.

Çeryazovaga 2000-yillarda öz vatanida talab bölmadi va u Rossiyaga köçib ötdi.
Va endi Lina biz bilan emas. Ammo u bizning sportimiz tarixida abadiy qoladi», - deb yozadi Nikimbayev.
Ma'lumot uçun: Lina Anatolevna 1968 yilda Toşkentda tuğilgan. 1994 yili Norvegiyaning Lillehammer şahrida ötgan qişki Olimpiadada çempionlikka erişgan. Uning bu medali qişki olimpiya öyinlarida özbekistonlik sportçilar tomonidan qölga kiritilgan birinçi va yagona oltin medal hisoblanadi. Qolaversa, Lina akrobatikadagi fristayl böyiça birinçi olimpiada çempioni hamdir.









