Xitoy iqtisodiyoti ösişi mahalliy kompaniyalarning misli körilmagan darajada qarzdorligidan kelib çiqadi, deyiladi China Beige Book tadqiqot kompaniyasi hisobotida. Undan ba'zi bir qismlar CNBC tomonidan keltirildi.
Mualliflar Xitoyning yutuqlarini «qoğozda çizilgan», deb atab, ular faqat biznesning ortib borayotgan qarz yukida uşlab turilganini körsatişmoqda. Bu bilan esa hukumat sönggi vaqtlarda, aksinça, kuraşişga harakat qilgan. Şu bilan birga, kompaniyalar uçun qarz mablağlari qiymati töxtovsiz ravişda ösib bormoqda - 2019-moliyaviy yilining birinçi çoragida (2018 yil oktyabrdan dekabrgaça) u bir foiz punktidan oşdi va hozirda örtaça 6,9 foizni taşkil etmoqda.
Köpgina kompaniyalar bank bölmagan taşkilotlar, jumladan, yaşirin sektorda işlaydigan korxonalardan qarz olişni afzal köryapti. Bu kiçik miqdor va işonçsiz moliyaviy körsatkiçlar tufayli odatiy bank kreditini oliş qiyinligi bilan boğliq. Hattoki, Xitoy Xalq banki tomonidan yangi mexanizm joriy etilişi - kiçik biznesni manzilli kreditlaş ham vaziyatni özgartirmadi. Bundan taşqari, mamlakatning yirik davlat banklari kiçik korxonalarni köproq kreditlaş haqida hukumatdan töğridan-töğri topşiriq olgan.
Hozirgi vaqtda xususiy sektorning qarz yuki 2013 yildan beri eng yuqori darajada turibdi. Ötgan yili hukumat vaziyatni soliqlarni kamaytiriş hisobidan töğirlaşga qaror qildi. Bu esa, yangi yilning birinçi moliyaviy çoragida Xitoy iqtisodiyoti AQŞ bilan savdo uruşi fonida ötgan yilgi pasayişdan söng «işonçli tiklaniş»ni körsatişiga olib keldi. Biroq, endi ekspertlar bu natijalarga şubha bilan qaramoqda.
Bundan oldin, Rossiyaning iqtisodiy ösişi uydirma ekani ma'lum bölgandi.












