Kun.uz «Özimizning mahalla» fotoloyihasini nafaqat Özbekistonning, balki dunyoning eng qadimiy şaharlaridan biri Samarqand şahridan davom ettiradi.

Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgan şahar öz vaqtida Söğdiyona davlatida, xioniylar va kidariylar, eftallar, qoraxoniylar, xorazmşohlar, möğullar sulolasi hukm surgan davrlarda markaziy şaharlardan bölgan.

1970 yilda YuNESKO taşabbusi bilan Samarqand şahrining 2500 yilligi nişonlangan.

Turli sulola, hukmdorlar, jang va vayronagarçiliklarni boşdan keçirgan şahar Amir Temur imperiyasining poytaxti sifatida har tomonlama qayta şakllantirilgan.

Şahar qiyofasi turli davlatlar, sulolalar hukmronlik qilgan davr talabi, me'morçilik an'analari ta'sirida madaniyatlarning rang-barang landşafti sifatida şakllangan.

Bugun Samarqandga ham köpqavatli turarjoylar, turli-tuman reklama bannerlari, umumrespublika miqyosida qat'iy qolip tartibida ekilayotgan arçalaru, sariq, puşti ranglarga böyalayotgan devorlar, binolar kirib kelmoqda.

Şaharning öziga xos, unikal qiyofasi esa parvariş va e'tiborga muhtoj.

Bu gal Kun.uz muxbiri Samarqand şahrining Eski Şahar deya ataladigan qismi - Toşkent, Imom al-Buxoriy, Bibixonim, Çorraha, Dahbed, Qöşhovuz, 8 mart, Hujum köçalari ötgan hududda böldi.