Rossiya hukumati Qirğizistonga beğaraz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar mablağ ajratişga qaror qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov ma'lum qildi.
«Yaqinda, mart oyida Rossiya hukumati qirğizistonliklar iltimosiga köra Qirğiziston davlat budjetini qöllab-quvvatlaş uçun beğaraz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar mablağ ajratişga qaror qildi», — dedi Uşakov.
Moliyaviy yordam bilan birgalikda Rossiya kompaniyalari Qirğiziston iqtisodiyotiga 1,6 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritadi.
Ötgan yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğizistonning 240 million dollar miqdoridagi qarzidan keçiş töğrisidagi protokolni ratifikatsiya qilgandi.











