Lionel Messining Ispaniya Kubogi 2006/07 mavsumining yarimfinalida «Xetafe» darvozasiga kiritgan töpi «Barselona» tarixidagi eng çiroyli gol deb topildi.

Muxlislar orasida ötkazilgan sörovnomada bu gol 45% ovoz töplab, birinçi böldi. 

Qayd qiliş joizki, keyingi ikki örin ham Messining gollariga nasib qildi. Ispaniya Kubogi 2014/15 mavsumi finalida «Atletik» darvozasiga urilgan gol (28%) ikkinçi, Çempionlar Ligasi 2010/11 mavsumida «Real» darvozasiga kiritilgan töp (16%) uçinçi böldi.

Sörovnoma uç oy davom etdi va unda 160 mamlakatdan 500 mingdan ortiq muxlis iştirok etdi.