Iqtisodiy protsessual kodeksda birinçi instansiya sudining hal qiluv qarorini qayta köriş töğrisidagi şikoyatni (protestni) köriş böyiça birinçi majlis ötkaziladigan muddat qayd etildi (20.03.2019 yildagi ÖRQ–531-son Qonun). Bu haqda Norma yozmoqda.
Iqtisodiy iş böyiça birinçi instansiya sudining hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya (agar apellyatsiya tartibida körilmagan bölsa) tartibida va nazorat tartibida qayta körilişi mumkin. Qonuniy kuçga kirgan sud hujjatlari (birinçi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari; apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarining qarorlari va ajrimlari) ham yangi oçilgan holatlar böyiça qayta körilişi mumkin.
Belgilanişiça, birinçi sud majlisi quyidagi kundan e'tiboran 20 kundan keçiktirmay ötkazilişi kerak:
• apellyatsiya va kassatsiya şikoyatini (protestini), şuningdek qonuniy kuçga kirgan sud hujjatini yangi oçilgan holatlar böyiça qayta köriş töğrisida arizani iş yuritişga qabul qiliş töğrisida ajrim çiqarilgan;
• nazorat şikoyatini (protestini) iş yuritişga qabul qiliş va uni körib çiqiş uçun Oliy sudning iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay'atiga ötkaziş töğrisida ajrim çiqarilgan.
Tegişinça, işda iştirok etuvçi şaxslar uçun bu çaqirib olingan apellyatsiya va kassatsiya şikoyatini (protestini) mazkur 20 kunlik muddat içida sudga yöllaş zarurligini anglatadi.
Qonun 21.03.2019 yildan kuçga kirdi.












