XXR Mudofaa vazirligi Rossiya bilan harbiy hamkorlik uçun Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etilişi tufayli AQŞga qat'iy protest bildirdi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy harbiy mahkamasi xabariga tayangan holda ma'lum qilmoqda.

20 sentabr kuni Qöşma Ştatlar Rossiya bilan munosabatlar uçun Xitoy Mudofaa vazirligi Ta'minot departamentiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

«Amerika tomonining xatti-harakati xalqaro munosabatlar asosiy me'yorlarini toptaş va buyuk qudratli davlat gegemonizmining namoyon bölişi hisoblanadi», - deyiladi Xitoy Mudofaa vazirligi xabarida.

Mahkamadan ta'kidlaşlariça, Rossiya va Xitoy örtasidagi hamkorlik suveren davlatlar örtasidagi xalqaro huquq me'yorlariga mos keladigan özaro aloqalardir hamda AQŞda unga aralaşiş huquqi yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy AQŞ sanksiyalaridan keyin bayonot bergandi.