Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qöriqlaş xizmati bölinmalari faoliyatini taşkillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça:
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son «Içki işlar organlari faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi 421-son «Içki işlar organlari qöriqlaş xizmati faoliyatini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Qöriqlaş boş boşqarmasi hamda uning tarkibiy va hududiy bölinmalari faoliyati taşkil qilingan;
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 29 yanvardagi qaroriga asosan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Qöriqlaş boş boşqarmasi va uning hududiy bölinmalari Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga berilgan va ularning doimiy joylaştirilgan joyi özgartirişsiz qoldirilgan;
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ştatlari hisobidan qöriqlaş faoliyatini taşkil etilişiga şaxsan javob beradigan Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining örinbosari Qöriqlaş boş boşqarmasi boşliği lavozimi kiritilgan.
Quyidagilar Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş xizmati bölinmalari faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
davlat, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini qöriqlaşni taşkillaştiriş hamda uşbu sohada davlat siyosatini amalga oşiriş;
davlat qöriqlaş taşkilotlari faoliyatini nazorat qiliş, qöriqlaş bölinmalarida nazorat tekşiruvlarini ötkaziş, idoraviy qöriqlaş bölinmalari obektlarida içki va ruxsat beriş rejimiga rioya etilişiga doir işlarni nazorat qiliş hamda muvofiqlaştiriş;
qöriqlanayotgan obektlarda içki, ruxsat beriş rejimlari va mol-mulk qöriğini, huquqbuzarliklarni oldini oliş va bartaraf etilişini ta'minlaş;
jamoat tartibini saqlaş va ta'minlaşga kömaklaşiş, qöriqlanadigan obektlarda huquqbuzarliklarni oldini oliş;
qöriqlaş faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etiş, qöriqlaş vositalari va tizimlarini qöllaş sohasida yagona texnik siyosatni ta'minlaş, ulardan foydalaniş ustidan samarali nazoratni amalga oşiriş;












