Joriy yilning 19 martida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida yoşlarga e'tiborni kuçaytiriş, yoş avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş masalalari qatorida yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlikka berilayotgan e'tibor şu kunlarda yangiça mazmun-mohiyat kasb etmoqda.
Ayni şu an'anadan çetda qolmagan holda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ham yoşlar örtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan turli tadbirlar taşkil qilinmoqda.
2019 yil 29 mart kuni Davlat bojxona qömitasi tomonidan bir guruh faol yoş xodimlar, Yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotlari yetakçilari iştirokida poytaxtimizdagi 21-Mehribonlik uyida “Kitob – mening döstimsan” aksiyasi uyuştirildi.

Aksiya doirasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga özbek va rus tillaridagi turli qomusiy, ertak, badiiy va şe'riy adabiyotlar tuhfa qilindi.
Tadbir avvalida yoş bojxonaçilar tarbiyalanuvçilar bilan muloqotga kirişişar ekan, kitobga oşno bölişning qadri, qiymati haqida söz yuritişdi.
Darhaqiqat, kitob insonning içki dunyosiga nur olib kiradi. Kitobga mehr qöygan, u bilan döst tutingan insonning köngliga xotirjamlik, ma'naviy olamiga esa gözallik oşufta böladi. Zero, öqişdan töxtagan odam fikrlaşdan ham töxtaydi.
Tadbir doirasida turli yozuvçilarning hayoti va ijodi, badiiy asarlar qahramonlari haqida bölib ötgan savol-javoblarda zukko tarbiyalanuvçilar öz bilimlarini sinovdan ötkazişdi.

Kitobxonlik keçasiga aylanib ketgan tadbirda ijodkor bojxona xodimlari va şe'r maşq qilayotgan öquvçilar öz şe'rlaridan mutolaa qilişdi.
Hali siyohi qurimagan, buyoq hidi ufurib turgan yangi kitoblarni ajib bir iştiyoq bilan varaqlaşga tuşgan bolalarning yuzu közidagi quvonç aslida ezgulikdan nişona. Muhtaram Yurtboşimiz ta'biri bilan aytganda “Ezgulik kirib borgan yuraklarga heç qaçon yovuzlik yaqin yölamaydi”.












