Deputatlar boş prokuror örinbosari Akmalxöja Yusupoviç Mavlonov nomzodini Davlat bojxona qömitasi raisi lavozimi uçun ma'qullaşdi.
«Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanişidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida deputatlar tomonidan körib çiqiladi.
2021 yil 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Davlat bojxona qömitasi raisi lavozimiga Akmalxöja Mavlonov nomzodini körib çiqdilar va ma'qulladilar», deyiladi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabarida.
Şundan söng, prezident farmonlari bilan Akmalxöja Mavlonov Boş prokuror örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat bojxona qömitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Prezident matbuot kotibining xabar berişiça, unga «Bojxona xizmati general-mayori» maxsus unvoni berilgan.
Davlat bojxona qömitasiga 2018 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Murodjon Azimov (u ham boş prokurorning sobiq örinbosari) bugun Qaşqadaryo viloyati hokimligiga tayinlangandi.
Akmalxöja Mavlonov 1975 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U turli yillarda Marğilon şahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurori birinçi örinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil avgust oyida boş prokuror örinbosari etib tayinlangan. 2019 yil iyunidan 2020 yil kuzigaça Namangan viloyati prokurori bölgan, 2020 yil oktyabrida boş prokuror örinbosari lavozimiga qaytgandi.












