Davlat rahbari Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida Kogon tumanidagi “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yiğini markazida böldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Yiğin binosi yangi loyiha asosida barpo etilgan bölib, unda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Kogon tumani kengaşi faoliyat yuritmoqda. Bu yerda joriy etilgan Ayollar ijtimoiy moslaşuv markazi oğir ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlar va bolalarga ma'naviy-psixologik, tibbiy va huquqiy kömak körsatiş bilan şuğullanadi.

Keng va şinam xonada joylaşgan, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasiga ulangan zamonaviy kutubxona aholi, ayniqsa yoşlar uçun ma'rifat maskanidir. Markaz yaqinida joylaşgan ikkita sun'iy qoplamali maydon hamda trenajyerlar zali mahalla bolalari va ösmirlarining böş vaqtini mazmunli ötkazişiga xizmat qiladi. 

Şuningdek, fuqarolar yiğinida yaqinda mamlakatda eng namunali deb topilgan hamda “Nexia 3” rusumli avtomobil bilan taqdirlangan zamonaviy içki işlar tayanç punkti ham faoliyat yuritmoqda. Mahalla markazi hududida barpo etilgan kunduzgi statsionar va tantanalar zali ham aholi xizmatida.

Taşrif çoğida bugungi kunda Buxoro viloyatida 35 mingdan ziyod ayollar iş bilan ta'minlanmagani, xotin-qizlar jinoyatçiligi saqlanib qolayotgani körsatib ötildi. Prezident bu holat milliy mentalitetimizga yotligi, buyuk tarix va yuksak salohiyatga ega bölgan Buxoroga mutlaqo yaraşmasligini ta'kidladi.

- Joriy yil oxirigaça ayollarning ijtimoiy muammolarini hal qiliş, iş bilan ta'minlaş, jinoyatçilik sodir etmasligi uçun zarur çoralarni körib, Buxoro viloyatini xotin-qizlar bilan boğliq barça masalalar böyiça eng namunali hududga aylantirişimiz kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Buning uçun Xotin-qizlar qömitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, mahalla va içki işlar organlari birgalikda işlaşi, har bir ayol bilan suhbatlaşib, muammolari bölsa, kerakli yordam berişi zarurligini ta'kidladi. 

Köplab muammolarga, ayolning jinoyatga qöl urişiga ajrimlar sabab bölayotgani, uning oldini oliş uçun yoşlarning, ota-onalarning mas'uliyatini oşiriş, bu boradagi qonunçilikni takomillaştiriş kerakligi qayd etildi.

Şavkat Mirziyoyev mahalla markazi xodimlari, şu yerdagi intellektual klub a'zolari bölgan yoşlar bilan muloqot qildi.