Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yagona billing tizimi joriy etiladi
Toshkent shahar hokimligida Belarusning SoftClub kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Unda Belarusning SoftClub kompaniyasi xalqaro rivojlantirish bo‘yicha direktori Vladimir Torchik, SoftClub kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Sergey Suprun va Toshkent shahar hokimligining mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kompaniya vakillari kompaniyaning mamlakatda va boshqa respublikalarda olib borayotgan hamkorlikdagi tajribalari hamda Minsk shahrida mavjud billing tizimining imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma'lumot berdi.
Kelajakda Toshkent shahrida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida Yagona billing (yagona hisoblash) tizimini joriy qilishni SoftClub kompaniyasi o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanligi ta'kidlab o‘tildi va bu borada tomonlar kelgusidagi faoliyat borasida kelishib oldilar.
Belarusning SoftClub kompaniyasi 25 yil davomida faoliyat ko‘rsatib rivojlanib kelayotgan va MDH mamlakatlari ichida davlat sektori va moliya sohasida dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyalardan biridir.
Mavzuga oid
13:05 / 23.12.2024
1 yanvardan ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi
10:56 / 31.08.2024
Kommunal xizmat ko‘rsatishda huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilligi ta’minlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024