Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Afğoniston Islom Respublikasiga mahsulot eksport qilişni boşladi. «Olmaliq KMK» matbuot xizmati xabariga köra mart oyida Şeroboddagi sement zavodi mahsulotlari qöşni mamlakatga eksport uçun yuborilgan.

«2018 yil işga tuşirilgan va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida öz faoliyatini boşlagan Şerobod sement zavodida işlab çiqarilgan PS 400 D20 markali kulrang sement qöşni Afğoniston Islom Respublikasiga eksport qilindi.

Afğonistonning «Hamid Company LTD» kompaniyasi qurilişda muhim sanalgan kombinatning xaridorgir sement mahsulotidan jami 960 tonna sement sotib oldi va bu kabi hamkorlik yana davom etadi», deyiladi xabarda.

15ta vagonga ortilgan sement mahsulotlari «Mozari-Şarif» stansiyasiga yetkazilgan. 

Qayd etilişiça, «Olmaliq KMK» kelişuv doirasida yil davomida 900 ming tonna kulrang sementni Afğonistonga yetkazib beradi.