Mahalliy hokimliklar va tadbirkor, fuqarolar örtasida yer, uy-joy bilan boğliq nizolar, tuşunmovçiliklar sönggi vaqtlarda köp kuzatilmoqda. Kun.uz tahririyatiga şu mazmunda köplab murojaatlar kelişi davom etmoqda. Örganişlar davomida ayrim hollarda mahalliy hokimliklar yer yoki mulkni tortib olib, tadbirkor va fuqarolarning huquqlarini buzgan holatlarni ham uçratdik. Bu haqida jurnalistik suriştiruvlar natijasida saytimizda keng yoritib bormoqdamiz.
Tahririyatga şu mazmundagi navbatdagi murojaaat Samarqand viloyati, Urgut tumanidan keldi. «Andak» mahallasida yaşovçi Azam Fozilov öz murojaatida otasiga tegişli yer Urgut tuman hokimligi tomonidan tortib olingani, bir neça yillardan buyon bu mojaro davom etayotganini bayon etgan.
Uşbu murojaatni joyida örganiş maqsadida Urgut tumanida böldik va murojaatçi bilan suhbatlaşib, u taqdim etgan hujjatlarni közdan keçirdik.
Örganiş davomida ma'lum bölişiça, Azam Fozilovning otasi Azim Fozilovning arizasiga asosan, Urgut tumani avvalgi «Akramobod» jamoa xöjaligi a'zolari umumiy yiğilişining yer ajratiş töğrisida 1998 yil 16 fevraldagi 1-sonli qarori qabul qilingan.

Uşbu qaror bilan boş reja asosida aholiga yakka tartibda uy-joy quriş uçun, şu jumladan, A.Fozilovga «Akramobod» jamoa xöjaligidan 6 sotix yer maydoni ajratiş haqida Urgut tuman hokimining 1999 yil 16 mart kunidagi 154-K-sonli qarori çiqqan. A.Fozilovga nizoli yer maydoni tegişli dalolatnoma asosida ölçab berilgan.

Urgut tumani hokimining 2008 yil 25 sentabr kungi qarori bilan Boğişamol mahallasi (avvalgi «Akramobod» jamoa xöjaligi) Qoratepa köçasida joylaşgan 1 xonali, yaşaş yuzasi 19,55 kv.metr, umumiy foydalaniş yuzasi 19,55 kv.metrdan iborat bölgan uy-joy Azam Fozilovga tegişli deb tan olinib, foydalanişda bölgan jami 660,0 kv.metr yer maydoniga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi berilgan.

Uşbu qaror asosida tegişli tartibda barça hujjatlar rasmiylaştirilgan, davlat röyxatidan (kadastrdan) ötkazilib, soliq va boşqa tölovlar öz vaqtida tölab kelingan hamda uy-joy qurilgan.













