Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Fuqarolar yiğinlari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablağlarni va homiylik xayriyalarini şakllantiriş hamda ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, jismoniy va yuridik şaxslar homiylik xayriyalari şaklidagi yordamni qonun hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy va beğaraz amalga oşiradilar.
“Homiylik töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qonunga zid bölgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qöllab-quvvatlaş taqiqlanadi.
Jalb etilgan mablağlarni va homiylik xayriyalarini şakllantiriş quyidagilar hisobiga amalga oşiriladi:
fuqarolar yiğinining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal etişga doir tadbirlarni amalga oşiriş uçun fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) qaroriga asosan jalb etiladigan mablağlar;
hududdagi jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
fuqarolar yiğinlari va yuridik şaxslar örtasida xayriya yordami körsatiş töğrisida tuzilgan şartnomalarga asosan tegişli hududda işlarni bajariş, xizmatlar körsatiş va boşqaça şaklda qöllab-quvvatlaş ifodalanadigan ixtiyoriy beğaraz yordamlar.
Fuqarolar yiğinlari tomonidan jalb etilgan mablağlar va homiylik xayriyalari Özbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida oçilgan talab qilib olingunça depozit hisobraqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi.
Fuqarolar yiğinlari tomonidan jalb etilgan mablağlar va homiylik xayriyalaridan foydalaniş fuqarolar yiğini kengaşining qarori asosida uşbu mablağlar va homiylik xayriyalarining maqsadidan kelib çiqib amalga oşiriladi.
Yuridik şaxslardan ixtiyoriylik asosida mablağlar jalb etiş va ulardan foydalaniş fuqarolar yiğinlari va yuridik şaxslar örtasida xayriya yordami körsatiş töğrisida tuzilgan şartnomalarga muvofiq amalga oşiriladi.
Jalb etilgan mablağlar va homiylik xayriyalarini boşqariş hamda taqsimlaş fuqarolar yiğini raisi tomonidan amalga oşiriladi.
Jalb etilgan mablağlar va homiylik xayriyalari, agar boşqa maqsadlarga qaratilgan bölmasa yoki xayriya yordami körsatiş töğrisida tuzilgan şartnomalarda boşqaça tartib belgilangan bölmasa, quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
a) kam ta'minlangan va ehtiyojmand bölgan yolğiz keksalar, nogironlar, şuningdek, birinçi navbatdagi hayotiy ehtiyojini ta'minlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvçisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini vaqtinça yöqotgan, surunkali kasalni parvariş qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam körsatiş uçun quyidagiça yönaltiriladi:












