Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov suvçilarga 4 million sömdan mukofot puli berdi. Bu haqdagi video hokimning Telegram-kanalida e’lon qilindi.
«Şuhratbek Abdurahmonov içimlik suvi ta’minotidagi nosozliklarni bartaraf etayotgan işçi xodimlarga 4 million sömdan mukofot pullarini topşirdi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, Şuhrat Abdurahmonov köçada işlayotgan suvçilarni körgaç, 64 million söm naqd pulni olib, 16 nafar suvçiga 4 million sömdan tarqatgan.
Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Muslimbek Ibrohimov mukofot pullarining manbasiga aniqlik kiritdi.
«Bu pullar işçilarning maoşidan taşqari, qöşimça mukofot pullari bölib, homiylik mablağlari hisoblanadi. Şu sabab bundan nafaqat işçilar, öşa yerda turganlarning barçasi xursand bölib ketdi. Viloyat hokimi işçilarning sovuqda işlayotganini körib, ularni rağbatlantirdi. Ularning maoşi qöşimça tarzda plastik kartoçkasiga tuşaveradi, bu pullar oylik maoşidan uşlab qolinmaydi», dedi u.
Uning ta’kidlaşiça, Şuhratbek Abdurahmonov suvçilarni mukofotlaşdan taşqari, ularning işiga kerak böluvçi texnikalari va maxsus kiyim-keçaklarini yaxşilaş böyiça ham rahbarlarga topşiriq bergan.
«Viloyat hokimi öşa yerning özida işçilarning kiyim-keçagi, iş qurollarini yangilaş va ularning moliyaviy manbasi haqida aytib, rahbarlarga topşiriq berdi. Şuningdek, suvçilarga yangi yil bayrami oldidan qöşimça e’tibor bölişini, yordam berilişini aytdi», dedi Ibrohimov.
Avvalroq, Şuhratbek Abdurahmonov «Andijon» futbol klubining albaniyalik hujumçisi Rubin Hebayga avtosalonga borib, istalgan avtomobilni tanlaşi mumkinligini, qolgan futbolçilarga esa «Iphone 14» smartfoni sovğa qilinişini aytgan edi.

















