Rim papasi Fransisk «Barselona» hujumçisi Lionel Messiga nisbatan işlatiluvçi ba'zi e'tiroflarga munosabat bildirdi.

«Nazariy tomondan Messini xudo deyiş – kufr keltiriş demakdir. Bunday gaplarni gapiriş va bunga işoniş mumkin emas. Masalan, men bunga işonmayman. Futbolçining öyinlaridan zavq oliş mumkin, ammo unga siğinmaslik kerak. Messi juda yaxşi futbolçi, lekin u xudo emas», – degan Fransiskning sözlarini keltirmoqda Marca.

Qayd etiş joiz, 82 yoşli pontifikning özi ham futbolga befarq emas. U Argentinaning «San-Lorenso» klubiga muxlislik qiladi.