Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina MSK bayonot berdi: mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi
Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 60 foizini sanab chiqqandan so‘ng, hech bir nomzod saylovchilarning yetarlicha ovozini to‘play olmagani to‘g‘risida rasman ma'lum qildi. Mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi.
«Ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi», - deya xabar berdi TASS Ukraina Markaziy saylov komissiyasi raisi Tatyana Slipachukning dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingdagi so‘zlariga tayangan holda.
Bundan oldin, shoumen Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda 40,09% ovozlar qayta ishlangandan keyin yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi.
Ikkinchi o‘rinni Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko 16,65 foiz ovoz bilan egallab turibdi. Yetakchilar uchligiga «Batkivshchina» partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko 13,13% ovoz bilan yakun yasab bergan.
Xabarlarga ko‘ra, Ukrainaning deyarli 11 million fuqarosi mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda ovoz berishda qatnashmagan.
Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz berish yakunlarini 10 aprelga qadar e'lon qiladi. Ikkinchi tur 21 aprel kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026