Özbekiston iqtisodiyotida dollarlaşuv darajasining yuqoriligi Markaziy bank monetar siyosati samaradorligini pasaytiradi, ayrim hollarda, defoltga olib kelişi mumkin. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi boşqarma boşliği Tursunboy Mahkamov ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Özbekiston iqtisodiyotining dollarlaşuv darajasi juda yuqori ekanini hamma tuşunmoqda, ammo valuta xatarlari orasidagi farqni yöqotiş uçun mamlakatda oltin-valuta zaxiralari yetarli ekani tufayli (2019 yil 1 yanvar holatiga 26,3 mlrd. AQŞ dollari) «bunga katta e'tibor berişmayapti».
Agentlik iqtisodiyotning dollarlaşuvi böyiça beşta asosiy xatarni ajratgan:
1. Milliy valuta zaiflaşuvi
2. Taşqi qarz oliş qiymatining oşişi
3. Mamlakatning suveren reytingi darajasiga salbiy ta'sir
4. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oşiriş böyiça imkoniyatlarini çeklaş
5. Valuta xavfining oşişi
«Biz Markaziy bankning monetar siyosatni olib boriş böyiça imkoniyatlari qisqarayotganini kuzatyapmiz. Qayta moliyalaş stavkasi juda yuqori, lekin inflatsiya hali ham ikki sonli bölib turibdi. MB inflatsiyani targetlaşi va monetar siyosatni kuçaytirişi haqida e'lon qilgani e'tiborga olinsa, natijalar kutilganidek bölmayapti. Bu bank tizimining katta qismi dollarga boğlangani bilan aloqador. MB özining monetar siyosatida faqat iqtisodiyotning kiçik qismiga harakat qilayotgani ayon böladi. Şuning uçun u natijaga olib kelmayapti», - dedi Mahkamov fond bozori vakillari bilan uçraşuvda.











