«Katta yettilik» mamlakatlari elçilari YeXHTning Ukrainadagi prezidentlik saylovlari böyiça dastlabki xulosalariga qöşilib, ularni raqobatli va tinç, deb ataşdi. G7 bayonoti tvitterda e'lon qilindi.

Bayonotda aytilişiça, yevropalik kuzatuvçilar Ukrainadagi prezidentlik saylovlarini «umuman olganda ijobiy» baholadilar. Şuningdek, G7 tvitterida qayd etilişiça, 31 mart kungi ovoz beriş «ikkinçi turga yöl oçadi».

Bundan taşqari, «Katta yettilik» vakillari Ukraina prezidentligiga nomzodlarni qonunlarga rioya etişga çaqirişdi.

Bundan oldin, Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 60 foizini sanab çiqqandan söng, heç bir nomzod saylovçilarning yetarliça ovozini töplay olmagani töğrisida rasman ma'lum qildi. Mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi ötkaziladi.

Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz beriş yakunlarini 10 aprelga qadar e'lon qiladi. Ikkinçi tur 21 aprel kuniga belgilangan.