Şimoliy Kavkaz okrug harbiy sudi Rossiya mudofaa vazirligi sobiq xodimi Denis Xisamovni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi TASS. Xabarda aytilişiça, u Suriyada bir yil davomida IŞID terrorçilik taşkiloti jangarilari safida jang qilgan.
U jazoni qat'iy tartibdagi koloniyada ötaydigan böldi. U şuningdek, soxta pul çiqarganlikda ayblanib bir yilga ozodlikdan çeklaş jazosi ham berildi va zaxiradagi kapitan unvonidan mahrum qilindi.
Agentlikning bildirişiça, ofitser 2009 yilda xizmatdan böşagan va öz biznesini boşlagan. U masjidda tojikistonlik şaxs bilan tanişib qolgan va birgalikda soxta pul çiqariş bilan şuğullanişgan. Ular 2015 yilda qölga olingan, ammo Xisamov Suriyaga qoçib ketişga muvaffaq bölgan. U Raqqa şahrida IŞID jangarilar lagerida harbiy tayyorgarlikdan ötgan va Suriyada IŞID tarafida turib janglarda qatnaşgan.
U 2016 yilda Turkiyaga kelib, valuta almaştiriş punktini talagan va olingan pullarni Suriyaga jönatiş uçun bergan.
Xisamov 2017 yil aprelda Turkiyada qölga olingan va Tojikistonga deportatsiya qilingan. U yerda uning pasporti qalbaki ekanligi aniqlangan va Moskvaga deportatsiya qilingan.













