Kaşmir hududida Hindiston va Pokiston harbiylari bir-birlarining pozitsiyalarini öqqa tutişmoqda, deb ma'lum qildi Hindiston mudofaa vazirligi vakili Devender Anand.

"Soat 11.30da (Toşkent vaqti bilan 11.00) Pokiston armiyasi minomyot va öqotar qurollar orqali Nauşer sektorida öt oçdi. Harbiylarimiz bunga javob qaytarişdi. Otişma hozirgaça davom etmoqda", - dedi u.

Avvalroq Pokiston qurolli kuçlari vakili Hindiston tomonining öt oçişi oqibatida uç nafar pokistonlik harbiy halok bölgani, bir nafari jarohatlanganini xabar qilgandi.

14 fevralda Jammu va Kaşmir viloyatlarida harbiylarga qilingan hujum sababli Hindiston va Pokiston örtasidagi keskin munosabat saqlanib qolmoqda. Hujum uçun javobgarlikni Pokistondagi "Jaişi-Muhammad" guruhi öz zimmasiga olgan bölib, hujum oqibatida 45 kişi halok bölgandi.