Sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini ta'minlaş, şuningdek odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilansin. (Ş.Mirziyoyev, 2016 yil 21 oktyabrdagi farmondan)
Zamonaviy ijtimoiy hayotning ajralmas qismi – vujudga keladigan kelişmovçiliklarni sud orqali hal qiliş. Fuqarolik jamiyatini busiz tasavvur etib bölmaydi. «Nimadandir norozimisiz – sudga murojat qiling» – mazkur qoida barça, ma'lum miqdorda barqaror bölgan jamiyatlar uçun oddiy, hammaga ma'lum qoida.
Jamiyat barqarorligi ba'zi örinlarda qat'iy tamoyillarga amal qilişni taqozo qiladi. Ayni şunday tamoyillardan biri – jamiyatda samarali sud tizimining mavjudligi. Ya'ni, sud kişilarga qay darajada adolatni ta'minlab berolsa, mazkur jamiyat şunçalik barqaror hisoblanadi. Aksinça, odamlar «sud» sözini «adolat» sözi bilan boğlamay qöyişsa, unday jamiyat barqaror bölmaydi. Bunday jamiyatda ijtimoiy munosabatlarda yuzaga keladigan ziddiyatlar boşqa yöllar bilan hal qilinadi, sud vositasida emas. Natijada jamiyat tom ma'nodagi jamiyatga – kişilarning irodasi mevasiga aylanolmaydi.
Tarixga teranroq nazar taşlaydigan bölsak, aynan sud tizimi fundamental inson huquqlarini ta'minlab berolmagan tuzumlar tezda ijtimoiy inqirozga yuz tutgan. Bunday tuzumlarning ayrimlari sudlarga mustaqillik bermay, ularni «qöğirçoq»qa aylantirib, sud obrösini yöqqa çiqargan bölsa, boşqa birlari sudlarning faoliyatini totalitar mafkura qoliplariga solgan, natijada kişilar sudlarga Yaratgan ularga ato etgan fundamental huquqlarini ta'minlab bera oladigan joy sifatida qaramay qöyişgan. Fundamental huquqlarning ta'minlanmasligi esa oxir-oqibat içki norozilik ortib borişiga va odamlarning işonçi yöqolişiga sabab bölgan. Sobiq sovet ittifoqi inqirozining çuqur sababi aslida şu – tub huquqlarning buzilişi, huquqlarning ta'minlanmaganidir.
Özbekiston fuqarolik jamiyati quriş yöliga tuşdi deb bemalol ayta olamiz. Buning yaqqol belgisi – yaqin ötmişda hali bir marta ham oçiq sud doirasida körilmagan işlar sud idoralarida körila boşlaganidir. Bu Özbekistonning yangi rahbariyati özgarişlar yölida sodiqligidan darak.
Kuni keça Toşkent şahrida Xalqaro Islom akademiyasi ustidan berilgan, mazkur akademiya binosi içida kiyiniş tartibi yuzasidan akademiya ma'muriyati hamda öquvçisi örtasida yuzaga kelgan ziddiyat böyiça berilgan ariza böyiça sud bölib ötdi. Bunday ziddiyatning sudda hal bölişi fuqarolik jamiyati uçun mutlaqo normal holat. Mazkur sud işi jarayonida taraflarning ziddiyatga sabab bölgan masala yuzasidan dalillar keltirişi, ya'ni dalillar bellaşuvi va oxir-oqibat sudning amaldagi qonunçilik me'yorlariga asoslangan qarori mamlakatimizda yuz berayotgan ijobiy özgarişlarning isboti böla oladi.











