Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga neft yetkazib berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan energetika sohasidagi hadli bitimni imzoladi, deya xabar qilmoqda Vlast.kz.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, avvalroq energetika vaziri o‘rinbosari Maxambet Dosmuxambetov bitim ratifikatsiyasi O‘zbekistonga neftni qayta ishlash zavodlari uchun xom neft yetkazib berishga, kuz-qish davrida Qozog‘iston janubini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini o‘zaro rivojlantirish va neft-kimyo loyihalarini amalga oshirish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga imkon yaratishi haqida xabar bergandi.
O‘zbekistonning iltimosiga ko‘ra, Rossiya yiliga 1 million tonnagacha neftni O‘zbekistonga yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Qozog‘iston bu nuqtai nazardan tranzit tomon sifatida ko‘riladi.
Shuningdek, O‘zbekiston yiliga 5 million tonna neftni, shu jumladan, Qozog‘istondan 2 million tonnagacha, Rossiyadan esa - 3 million tonnagacha sotib olishga qiziqish bildiryapti. Bundan tashqari, faqat Qozog‘istondan 5 million tonna mahsulotni yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda
O‘zbekistonga 5 mln tonnagacha bo‘lgan neftni barqaror yetkazib berish uchun transport infratuzilmasiga sezilarli sarmoya kiritilishi kerak, aynan esa, Rossiya neftining Qozog‘iston hududi orqali tranzitida TON-2 neft quvurini hozirgi 11 mln tonnadan 17,5 mln tonnagacha kengaytirish talab qilinadi.
Shu bilan birga, «Trudovoye» neft stansiyasini rekonstruksiya qilish kerak - taxminiy investitsiyalar 70,6 million dollarga teng. Yiliga 5 million tonnalik quvvatga ega bo‘lgan, Qozog‘iston janubini O‘zbekiston bilan bog‘laydigan yangi neft quvuri qurilishi 133,5 million dollarga tushadi.
Bundan oldin, Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
23:30 / 07.11.2025