FIFA referisi Mayk Din Angliya Premer-ligasida 100ta qizil kartoçka körsatgan ilk hakam sifatida çempionat tarixidan joy oladigan böldi. U 2 aprel oqşomida «Vulverhempton»-«MYu» öyinini boşqarib, 57-daqiqada mehmonlar himoyaçisi Eşli Yangni ikkinçi marta ogohlantiriş bilan maydondan çetlatdi.

Foto: REUTERS

Qayd etiş kerak, 50 yoşli hakam Mayk APLda eng köp qizil kartoçka körsatgan hakamlar röyxatida qolganlardan ança ilgarilab ketgan. BBC keltirgan statistikaga köra, ikkinçi örindagi Fil Daud 67 marta, 3-örindagi Mayk Rayli 66 marta qizil kartoçka körsatişgan. Yuqori beşlikda, şuningdek, Grehem Poll (63ta «qizil») va Martin Atkinson (58) ham bor.

Mayk Din APLda eng köp marotaba «Çelsi» va «Mançester Siti» a'zolarini maydondan çetlatgan – 9 martadan. Şuningdek, u «Nyukasl» vakillariga 7ta, «Arsenal» a'zolarini 6 marta qizil kartoçka bilan jazolagan.