Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat töğrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Qonunda belgilanişiça, ma'muriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslarga qöllaniladigan çeklovlardan iborat tarbiyaviy ta'sir çorasidir.

Qonunga muvofiq, quyidagi voyaga yetgan şaxslarga sud tomonidan ma'muriy nazorat örnatiladi:

öta xavfli retsidivistlar;

oğir yoki öta oğir jinoyatlar sodir etganlik uçun ozodlikdan mahrum qilingan şaxslar, şu jumladan boşqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilinganlar;

qasddan qilingan jinoyatlari uçun ikki yoki undan ortiq ozodlikdan mahrum qilinganlar.

Ma'muriy nazorat davrida quyidagi çeklaşlar belgilanişi mumkin:

yaşaş joyidan taşqarida bölişni taqiqlaş;

muayyan joylarda bölişni taqiqlaş;

sud belgilagan hududdan içki işlar organining ruxsatisiz çiqişni taqiqlaş;

röyxatdan ötiş uçun har oyda bir martadan tört martagaça içki işlar organiga keliş;

alkogolli içimliklarni taqiqlaş.

Ma'muriy nazorat olti oydan bir yilgaça muddatga örnatiladi.

Quyidagi holatlarda ma'muriy nazorat tugatiladi:

muddat tugaganda;

sudlanganlik tugallangan yoki olib taşlanganda;

nazorat ostidagi şaxs ozodlikdan mahrum etilganda;

şaxsga tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllanilganda;

şaxs boşqa davlatga doimiy yaşaş uçun çiqib ketganida;

şaxs vafot etganida.

Şuningdek, qonunda nazorat ostidagi şaxslarning, içki işlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.