Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş mintaqaviy markazi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 278-sonli qarori asosida taşkil etilib, unda mintaqamizda joylaşgan Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida faoliyat olib borayotgan barça oliy ta'lim muassasalari va oliy ta'lim muassasalarining filiallari hamda ularning akademik litseylarining, Özbekiston Respublikasi Içki işlar va Mudofaa vazirligi tasarrufidagi akademik litseylarning hamda Respublikamizda tojik tili va adabiyoti yönalişida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş bilan şuğullanadi.
Mazkur mintaqaviy markazda ta'lim olayotgan törtta viloyat oliy ta'lim muassasalaridagi pedagog kadrlarga beriladigan saboq, bugungi kundagi salohiyati va imkoniyatlari qay darajada?
Mintaqaviy markazga bugungi kunda dars maşğulotlarini olib boriş uçun jalb etilgan mutaxassislarning ilmiy-pedagogik salohiyati 96% ni taşkil etadi. 2018 yil böyiça yuqoridagi oliy ta'lim muassasalarining 216 nafar pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş rejasi belgilab qöyilgan edi. Yillik reja rejaga muvofiq töliq bajarildi.

Mintaqaviy markazda hozirgi zamonaviy talablarga javob beradigan 20 ga yaqin umumta'lim fanlari böyiça qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari taşkil etilgan. Kurslarda öquv maşğulotlari muammoli ma'ruza, seminar-trening, davra suhbati, tajriba almaşiş, munozara, kiçik guruhlarda işlaş asosida taşkil etilib, xorijlik öz sohasining bilimdon mutaxassislarini jalb etgan holda interfaol metodlardan foydalanib mintaqadagi yetuk olimlar tomonidan olib borilmoqda.
Öz navbatida markazda taşkil etilgan pedagogik amaliyotlar Samarqand davlat universitetining 17 ta eng nufuzli kafedralarida belgilangan tartibda olib borilmoqda. Bundan taşqari Samarqand şahridagi ilmiy tadqiqot muassasalari hamkorligida, xalqaro tadqiqot markazlari, Özbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti, Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi, “Afrosiyob” mintaqaviy tadqiqot markazi, Astronomiya öquv-ilmiy markazi va boşqa innovatsion ta'lim texnologiyalarini amalda qöllab kelayotgan bir neçta işlab çiqariş korxonalarida belgilangan tartibda amaliyotlarni (jami 15ta) amalga oşiriş yölga qöyilgan.













