Samarqand davlat universiteti qabul komissiyasining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça Urgutdagi filial 2021-2022 öquv yilidan talabalarni qabul qiladi. Ungaça filial uçun ajratilgan kollej oliy ta'lim standartlariga muvofiq qayta ta'mirlanib jihozlanadi.
Eslatib ötamiz, Urgut tumani aholi soni böyiça mamlakatimizda 1-örinda turadi va bu yerda qariyb 600 ming odam yaşaydi. Aholi soni köpligiga qaramasdan bu tuman yoşlarining OTMga kirib öqiş natijasi mamlakatda eng past körsatkiçlarda bölib kelyapti.
Bundan taşqari, qarorga köra Urgut tumanida faoliyat körsatgan Samarqand davlat universitetining 3-akademik litseyi joylaşgan bino va inşootlar universitet huzurida aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan iqtidorli öquvçilar maktabini taşkil etiş uçun ajratiladi.












