Holat 29 mart kuni tungi soat 02:00 larda Spitamen şohköçasidagi talabalar yotoqxonasida sodir bölgan. Talaba universitetning keçki ta’lim yönalişida tahsil olgani aytilmoqda.
Universitetning yoşlar masalalari böyiça prorektori Şahzoda Negmatova talaba qizning xulq-atvori, öqişga bölgan munosabati haqida ma’lumot berar ekan, uning heç kim bilan ziddiyatga bormagani, biroq özi jur’atsizroq bölganini aytgan.
Halok bölgan talaba qiz Past Darğom tumanidan bölib, yotoqxonaning 6-qavatida yaşab kelgan va özini 9-qavatdan taşlagan.
Samarqand viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga köra, talaba oğir tan jarohati olişi oqibatida voqea joyida halok bölgan. Holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib bormoqda.












