Hukumatning 2021 yil 29 iyundagi 408-sonli qarori bilan Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Samarqand davlat universitetining Özbekiston-Finlandiya pedagogika instituti taşkil etildi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, pedagogika sohasi böyiça tarbiya va öqitiş usullari, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qöllaş könikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaş institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Institut davlat oliy ta'lim muassasasi sifatida taşkil etilgan.
Qayd etilişiça, institutda öquv jarayoni Finlandiya ta'lim dasturlari va texnologiyalari asosida taşkil etiladi. U 2021/2022 öquv yilidan öz faoliyatini boşlaydi.
Mazkur institut taşkil etilgani tufayli SamDUda pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yönalişlari va ularning negizidagi tegişli magistratura mutaxassisliklari böyiça qabul töxtatiladi.
Ta'kidlanişiça, 2021/2022 öquv yili uçun institutga kunduzgi, sirtqi hamda keçki ta'lim şakli böyiça qabul parametrlari davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi. 2022/2023 öquv yilidan esa har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib çiqqan holda belgilanadi.
5ta universitet huzurida Pedagogika instituti taşkil etildi
Pedagogik ta'limning 6ta yönalişi böyiça öqiş muddati 3 yil böladi












