Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Efiopiyada 10 mart kuni halokatga uçragan Boeing 737 Max yölovçi samolyoti uçuvçilari samolyot şönğişni boşlab, yerga urilişi oldidan uning tumşuğini töğrilaşga harakat qilişgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, efiopiyalik tergovçilar samolyot qanotidagi hujum burçagi datçigi quş yoki boşqa yot jism bilan töqnaşuvdan söng işdan çiqqaç uçuvçilar dastaki boşqaruvga ötişganini örnatişgan.
Taxmin qilinişiça, uçuvçilar samolyotning holati haqidagi notöğri ma'lumotlar sababli uning tumşuğini pastga tuşira boşlagan manyovrlaşni töğrilaş tizimini (MCAS) öçirişgan.
“Ekspertiza ma'lumotlarining körsatişiça, hujum burçagining ikkita taşqi datçigi turli körsatmalar bergan: çapdagisi 74,5 darajani, öngdagisi esa 15,3 darajani körsatgan”, deyilgan xabarda.
Bundan uçuvçilarning özaro suhbatlari ham darak bermoqda. Ular öng datçikdagi körsatmalar çapdagisidan farqlanayotganini ta'kidlab, “Çap alfa-flyuger!” deb hayqirişgan.
Efiopiya transport vaziri Dagmavit Mogesning aytişiça, ekipaj samolyot ustidan nazoratni tiklaşga harakat qilgan, biroq samolyot tumşuği pastga qarab ketavergan.
Uçuvçilar suhbatlaridan samolyot yerga urilişidan oldin ekipaj sardori Yared Getaçyu “Yuqoriga tort” deb baqirgani ma'lum bölgan.
Samolyot havoga kötarilgandan bir neça daqiqa keyin halokatga uçragan. Halokat oqibatida 157 kişi hayotdan köz yumgan.













